GARAYLAR

GARAYLAR (Gireylar, Geraylar) — Qrim xonlari sulolasi (1427—1783). Xonlik taxtiga daʼvogar sifatida Hoji Garay (1466-y. v. e.) tomonidan asos solingan. 1449-y. Qrim xonligi Oltin Oʻrdadan mustaqil boʻlib ajralib chiqqan. Garaylar hokimiyati yirik urugʻlar [shirin, bahrin, qipchoq, mangʻit (mansur), argʻin] taʼsiri ostida boʻlib, urugʻ boshliqlari xon huzuridagi kengash tarkibiga kirganlar. Hoji Garayning oʻgʻli Mengli Garay davrida Qrim xonligi Turkiyaning vassaliga aylangan (1475). 18-a. da Rossiya Qrimni egallash uchun Turkiya bilan kurashgan. Kuchuk-qaynarja sulh shartnomasiga koʻra, G. Qrimning mustaqil hukmdorlari deb tan olingan; 1783-y. Rossiya Qrimni bosib olishi b-n Qrimning soʻnggi xoni Shagin Garay taxtdan voz kechgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x