AKBAROV Ikrom Ilhomovich

AKBAROV Ikrom Ilhomovich (1921.1.3, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekiston xalq artista (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Toshkent (1945) va Leningrad (1950) konservatoriyalarini tugatgan. Hamzaga bagʻishlangan «Shoir xotirasiga» simfonik poemasi (1954) oʻzbek simfonik ijodiy tafakkurining shakllanishida Asqarali Akbarov ishlagan bino bezagi muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Akbarov simfonik asarlar, opera va baletlar, oratoriyalar, vokal-simfonik va kamer-cholgʻu asarlar (xususan 6 ta torli kvartet), qoʻshiq va romanslar, xor turkumlari muallifi, kinofilmlar va dramatik spektakllarga musiqa yaratgan, oʻzbek xalq kuylarini joʻrsiz xor uchun qayta ishlagan. Ijodiy uslubi teran simfonik tafakkurga asoslangan. Simfonik asarlari — «Epik poema» (1961), skripka va orkestr uchun 1—2 – va 3 – konsertlar (1962, 1984, 1997), «Pochta» (1970), «Shakuntala» (1980) simfonik manzaralari, «Samarqand haqida simfonik hikoyalar»i (1973), 2 ta simfoniya (1996, 1998) va b. «Orzu» (1957), «Layli va Majnun» (1968), «Navroʻz» (1984) baletlari, «Soʻgʻd elining qoploni» (1977) va «Ibtido xatosi» (1997) ope-ralari, «Toshkentnoma» (1964), «Mangu xotira» (1985) oratoriyalarini yaratgan. Asarlari chet ellarda ham ijro etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotining laureati (1977). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x