ANILIDLAR

ANILIDLAR, C6H5NHCOR — anilin va turli radikalli karbon kislotalarning hosilalari. Bu moddalar anilinning amin guruhidagi bitta vodorod atomi kislota qoldigʻi (atsil guruhi) bilan almashinishi natijasida hosil boʻladi, mas: C6H5NHCOCH3 — atsetanilid C6H5NHCOC6H5 — benzanilid C6H5NHCHO — formanilid Anilidlar suyultirilgan kislota yoki ishqor taʼsirida anilin va karbon kislotaga parchalanadi. Koʻp Anilidlar tibbiyotda dori sifatida, q. x. da esa begona oʻtlarga qarshi kurashda (karsil, solan va b.) ishlatiladi. Ayrim Anilidlar azoboʻyoqlarning komponenti sifatida va kinofotomateriallar i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x