ANJOMA

ANJOMA (fors. — temir libos) — ot-ulov abzallaridagi metalli qismlarning umumiy nomi (ayil, noʻxta, uzangi, yugan, oʻmildiriq, quyushkrn kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasaladi. Koʻpincha Anjoma yuziga kumush yoki oltin chopila oʻrnatiladi. Buning uchun Anjoma yuzini egovlab yoki qalamcha va bolgʻa bilan chekib, tishlar chiqariladi. Bu tishlarning oʻyiq (ariqcha)lariga mayda kumush yoki oltin simlar yotqizib, ustidan bolgʻa urilsa, simlar oʻrnashib, naqsh paydo boʻladi. Soʻngra Anjoma yuzini silliqlab, jilo beriladi (q. Anjomasozlik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x