AZROIL

AZROILislom dinida toʻrt bosh farishtadan biri, jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga koʻra, Azroil dastlab oddiy farishta boʻlgan, Alloh Odamatoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik koʻrsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat Azroil bajarganligi sababli u oʻlimdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. U toʻrt ming qanotli, toʻrt yuzli va tanasida yer yuzida yashovchilar qancha boʻlsa, shuncha koʻzi hamda tili boʻlgan dahshatli mahluq shaklida tasvirlanadi. Azroil odamlar taqdirini biladi, ammo ularning har birining oʻlish vaqtini bilmaydi. Bu muddat yaqinlashganda Alloh taxti oldida oʻsadigan daraxtdan oʻlimga mahkum etilgan kishining nomi yozilgan barg uzilib yerga tushar ekan. Shundan keyingina Azroil qirq kun ichida uning jonini olishi kerak ekan. Azroil taqvodorlarning jonini osongina, gunohkorlarning jonini esa qiynab olar ekan. Joni olinayotgan odam A. ga turli qarshiliklar koʻrsatsada, pirovard natijada yengilar ekan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x