ADLIYA

ADLIYA ( arab, adl — adolat, toʻgʻrilik, haqqoniylik, odil sudlov, xolislik) — sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. A. keng maʼnodagi huquqdir. OʻzRda Adliya organlari faoliyatiga OʻzR Adliya vazirligi rahbarlik qiladi. OʻzRning qabul qilingan «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qoiuni (1993-y. 2 sent.) 10-moddasi talabiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent sh. sudi, tuman (shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi qoidasiga qatiy rioya qilingan holda OʻzR Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (yana q. Huquq).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x