AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA

AGROKIMYOVIY XARITAGRAMMA — tuproqning oʻsimliklar oziqlanadigan elementlar bilan taʼminlanganlik darajasini ifodalovchi xarita-sxema. A. x. tuzishda tuproqlar tarkibidagi oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shakldagi fosfor va kaliy, mikroelementlar va b. miqdoriga koʻra 5 guruhga ajratiladi (azotni aniqlash kam qoʻllaniladi). Agrokimyoviy xaritagramma tuzish uchun maydoni 5 — 20 ga li raqamlangan maydonlardan olingan aralash tuproq namunalari tahlili natijalaridan foydalaniladi. Namuna haydalma qatlamning 20 joyidan (diagonali yoki oʻqi boʻyicha) 300 — 400 g miqdorda olinadi. Ayni paytda haydalma qatlam ostidan (30 — 40 sm chuqurlikdan) olingan alohida tuproq namunalari gʻam oʻrganiladi. Barcha aralash tuproq namunalaridagi harakatchan fosfor va kaliy miqdori aniqlanadi. Taxlil natijalariga qarab Agrokimyoviy xaritagrammalar tuziladi. Xaritaga tushuntirish tuziladi, xoʻjalik haqidagi maʼlumotlar, agrokimyoviy tekshirish natijalari, mineral oʻgʻitlardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x