AGNOZIYA

AGNOZIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi, gnosis — bilish) — fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega boʻlmaslik; bunda bemor sezgi aʼzolari b-n narsalarni idrok qilolmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻining ayrim qismlari zararlanganida kuzatiladi. Koʻrish, eshitish, sezgi-taktil Agnoziyasi va b. mavjud. Koʻrish A. sida bemor soʻzlarni oʻqiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish A. si (ruhiy karlik)da tanish tovushlar (parovoz ovozi, qoʻngʻiroq jarangi, suvning shovullashi va h. k.)ni bemor aniqlay olmaydi, shuningdek aytilgan soʻzlarning maʼnosiga tushunib yetmaydi. Sezgi-taktil Agnoziyasida bemor oʻzi ushlab turgan narsasining nima ekanligini aytib berolmaydi va h. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x