Otash Hijron — Yigit

Do`st do`stini sotganda,
Uyida noni qotganda,
Panjara ortida yotganda
Xabar olmaganlar bor.

Qop-qora ko`zga berilib,
Odamni tanimay, kerilib,
Yiqilganing ko`rib kulib,
Qo`lini bermaganlar bor.

Vijdonni sotib to`y qilgan,
Kulbani qasr uy qilgan,
O`zini sotib, boy qilgan,
Tillolarga zorlar bor.

Ko`zingni och, ey do`stim,
O`ranmagin sen yolg`onga.
Iymoningni qo`y ustun,
Aylanmagin san arzonga.

Sinma yigit, egilma yigit,
Boylik sani xor qilsa ham.
Sinma yigit, egilma yigit,
Sevgi ko`zing ko`r qilsa ham.
Bevafolar makri yomon,
Tuzoq qo`yar yo`llaringga.
Aldanmagin, kayf-u safo
Zanjir solar qo`llaringga. (x2)

Hech kimga qolmadi ishonch,
Yuzimda tugadi quvonch.
So`z berib, sevaman deya,
So`zida turmaganlar bor.

Yegan oshimdan tosh chiqdi,
Ko`zimdan achchiq yosh chiqdi.
Qo`lingni ber, ey do`stim,
Do`stingni aldaganlar bor.

Do`st do`stini sotganda,
Uyida noni qotganda,
Panjara ortida yotganda
Xabar olmaganlar bor.

Qop-qora ko`zga berilib,
Odamni tanimay, kerilib,
Yiqilganing ko`rib kulib,
Qo`lini bermaganlar bor.

Sinma yigit, egilma yigit,
Boylik sani xor qilsa ham.
Sinma yigit, egilma yigit,
Sevgi ko`zing ko`r qilsa ham.
Bevafolar makri yomon,
Tuzoq qo`yar yo`llaringga.
Aldanmagin, kayf-u safo
Zanjir solar qo`llaringga. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x