Otash Hijron — Tumorim

Jonim, meni bag`ringga bos,
Hech bo`lmasa so`nggi bor.
Yonginamda qolgin biroz,
Ko`zlarim vaslingga zor.

Unutolmay ovoraman,
Halovatim hasratda.
Umidlarim uzilmoqda,
Hislarim ham hayratda.

Nahot endi begona,
Menga bo`lgan yagona?
Nahot endi devona,
Bu yuragim har yona.

Sevganim kechmoqda,
Ketar mana u yona.
Nahot endi begona,
Menga bo`lgan yagona?

Sen mening tumorim eding,
Kimlarga taqilib ketding?
Ko`nglim xumori eding,
Qaylarda qoqilib ketding?
Sunbul soching xor bo`ldi,
Qora ko`zing zor bo`ldi.
Aldamchilar aldab seni,
Yor qilishga or qildi. (x2)

Nafratda yondim-o,
G`aflatda qoldim-o.
Kuyib ado bo`ldim-o,
Qanchalar sevardim-o.

Sochlaring uvol bo`ldi,
Qadring bilmay ketding-o.
Umrim ham zavol bo`ldi,
Sevmasdan unutding-o.

Sen mening tumorim eding,
Kimlarga taqilib ketding?
Ko`nglim xumori eding,
Qaylarda qoqilib ketding?
Sunbul soching xor bo`ldi,
Qora ko`zing zor bo`ldi.
Aldamchilar aldab seni,
Yor qilishga or qildi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Sabina Dilshodovnaga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x