Qora tunda qora yo`l meni kutmoqda,
Yolg`on bilan alam qo`lim tutmoqda.
Bag`ringa bos so`nggi bor, armonim, deya
Derazangdan qara oxirgi marta.
Labingni ko`zimga qattiqroq bosgin,
Toki ko`z ochganda faqat seni ko`rayin.
Axir xazon bo`ldim, to`kilib yo`lingda,
Derazangdan qara oxirgi marta.
Qoldi armon yurakda, sog`inib ketdim,
Ko`zlaringni so`nggi bor ko`rib ketayin.
Qoldi armon yurakda, sog`inib ketdim,
Derazangdan qara oxirgi marta. (x2)
Seni eslaganda yuragim titrar,
Silolmay yuzlaring, qo`lim qaltirar.
Sovuqdan vujudim, vujudim muzlar,
Derazangsan qara oxirgi marta.
Qaramasang, dilimdagi yara bitmaydi,
Bu dunyoda sendan boshqa hech kim meni kutmaydi.
Yuragimda qolib ketdi munchoqdayin ko`zlaring,
Nega jimsan, gapir, qolmadimi so`zlaring?
Qoldi armon yurakda, sog`inib ketdim,
Ko`zlaringni so`nggi bor ko`rib ketayin.
Qoldi armon yurakda, sog`inib ketdim,
Derazangdan qara oxirgi marta. (x2)