Otash Hijron — Qaytmayapsan

Xonamda o`zim, surating qo`limda,
Yoshlandi ko`zim, qolmadi so`zim.
Halovatim yo`q, dardim og`ir,
Qalbim yana, yana og`rir.

Ko`z yoshlarim sekin-asta
Qo`llarimga tomadi tim-tim.
Mangacha hech kim,
Mandan keyin bo`ldi kim?

Aybimni bilmay-bilmay yurak yig`laydi,
Kuylarimni shu yuragim kuylaydi.
Xayollarim tinmaydi seni sog`inib,
Senga talpinib, senga talpinib. (x2)

Qaytmayapsan yonimga,
Nazar sol bir bor holimga.
Qo`llaringni ber qo`limga,
So`nggi bor qaytgin yonimga.

Man sani maftuning, majnuning,
Mayli, mag`lubing bo`layin.
Zor aylama yo`llaringga,
Intizoring bo`layin. (x2)

Xonamda o`zim, surating qo`limda,
Yoshlandi ko`zim, qolmadi so`zim.
Halovatim yo`q, dardim og`ir,
Qalbim yana, yana og`rir.

Ko`z yoshlarim sekin-asta
Qo`llarimga tomadi tim-tim.
Mangacha hech kim,
Mandan keyin bo`ldi kim?

Qaytmayapsan yonimga,
Nazar sol bir bor holimga.
Qo`llaringni ber qo`limga,
So`nggi bor qaytgin yonimga. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x