Sindi ko`ngil qo`lingda, qoldi manzil yo`lingda,
Suratlaring yonimda, sevgi tamom o`yinda.
O`ylaring menda emas, o`ylaring menda emas,
Sochlaring menda emas, ayt kimlarda?
Sevgandim qachonlardir, sevganding qachonlardir,
Afsus, hammasi bekor, so`zim qilmagin inkor.
O`ylaring menda emas, o`ylaring menda emas,
Sochlaring menda emas, ayt kimlarda?
Sening labing, sening ko`zing, sening nozing,
Xayolim o`g`irladi, o`-o`, yolg`onga ko`ndirib.
Sening ko`ngling, mening ko`nglim ayriliqqa shoshildi,
Umidimni so`ndirib, hayotimni sindirib, o`-o`. (x2)
Hammasiga qo`yilgan nuqta,
Uzun yo`l, yetmaydi qo`l,
Kelmasliging aniq, bormasligim ayon,
Sochilib yotibdi hislarim har yon.
Sochlaring tolasi yuzimda qoldi,
Ko`zlaring qorasi ko`zimda qoldi.
Ha, yonib ketdim labing sog`inib,
Ha, to`yib ketdim qalbim og`rinib.
O`ralib qolganman gumonlarimga,
Bitta o`zim hukmdor yolg`onlarimga.
Mehringga yetmadim, sovuqda qolib,
Shunchaki taslimman armonlarimga.