Bir qizni ko`rdim sanam,
Qosh-ko`zi qalam-qalam.
O`g`irladi yuragimni,
Yondirib tanam-tanam.
Burib oldi oy yuzini,
Yashirvoldiku ko`zini.
Ayadi shirin so`zini,
Qizg`ondi-yey o`zini.
Telbaman ishqida endi,
Qarashlari mani yengdi.
G`ururim boshini egdi,
Adoman-adoman. (x2)
Barno, Barno,
Uning qomati barno.
Uzun sochi beliga tushar,
Ko`zlari ohu, shahlo. (x2)
Uning kulishlari mayin,
Sog`inch qiynadi kun sayin.
Yuragimni kuydiradi,
Man tomonga boqmayin.
Yuraverdim izlaridan,
Yetolmadim, qildi alam.
Sochi uzun tolim-tolim,
Xabar ber, qaydasan yorim?
Topib sani baxtga eltay,
Shirin visolingga yetay.
Qiynama dilginam mani,
Sevay butun umr sani. (x2)
Barno, Barno,
Uning qomati barno.
Uzun sochi beliga tushar,
Ko`zlari ohu, shahlo. (x2)