ABULFAZL MAQBARASI

ABULFAZL MAQBARASI, Saraxs bobo maqbarasi — meʼmoriy yodgorlik (11 – a.). Hoz. Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfazl (1023-y. v. e.) qabri . ustida qurilgan. Murabba tarhli bino (10,20×10,20 m). Qalin devorining yuqori — toʻrt tomonida ham ravoqli darchalar bor. Qoʻsh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga oʻrnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15 – a. da taʼmir etilganda qisman oʻzgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bezatilgan). Hozir bino ancha shikastlangan holda, ravoqlarining tashqi devorlari yemirilgan, peshtoq tepasi nurab tushgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x