Inson padar deb bilgan
Odamga o`xsha, o`g`lim.
O`ksik dilim qil baland –
Otamga o`xsha, o`g`lim. (x2)
Do`stu-dushman oldida
Ko`tarib qo`ygin ko`nglim,
Otam umidi sendan,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Yaxshi-yomon kunimga
Men-ku chidadim, ko`ndim,
Otamdek yet qadrimga,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Otamdek yet qadrimga,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Kim bo`lsang ham, halol bo`l,
Sendadir maning yo`lim.
Qon zanjiring toza bil,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Qon zanjiring toza bil,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Inson padar deb bilgan
Odamga o`xsha, o`g`lim.
O`ksik dilim qil baland –
Otamga o`xsha, o`g`lim.
(Otamga o`xsha, o`g`lim… {x3})
Otamdek tushunmagan
Mening qalbimni hech kim, (x2)
Hech kimim yo`q, bilasan,
Otamga o`xsha, o`g`lim. (x2)
Yaxshi niyat-la senga
Otam ismini qo`ydim,
Otamni qaytar menga –
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Otamni qaytar menga –
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Do`stdan pand yeyaverib,
Uzilib ketdi qo`lim.
Kul bo`ldim kuyaverib,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Nomarddan olmagin qasd,
Degin: “Xudoga soldim”.
Pastlarga ketmagin past,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Otam niyat qilgandek
Munosib yasha, o`g`lim.
Yurtga tirgak bo`lgandek,
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Inson padar deb bilgan
Odamga o`xsha, o`g`lim.
O`ksik dilim qil baland –
Otamga o`xsha, o`g`lim.
Otamga o`xsha, o`g`lim… {x2}