Post Views:
11
KINDAKTEPA – 2–13-asrlarga mansub shahar xarobasi. Toshkent dengizi zonasida. Dastlab 1959 yil V.I.Nilsen va T. A’zamxo‘jayev tomonidan o‘rganilib, uning faqat ark va 1 shahristoni aniqlangan. 1971 yil uni Yu.F.Buryakov va V.I.Sprishevskiy atroflicha tekshirgan. 1972–75 yillarda esa Yu.F.Buryakov u yerda qazish ishlari olib borgan. Tadqiqotlar natijasida shahar stratigrafiyasiga tegishli muhim ma’lumotlar hamda Burganli madaniyati va Qovunchi madaniyatiga doir bir qancha ashyoviy dalillarga ega bo‘lindi; ichida sopol idishlar mavjud silindrsimon xumdonlar, Ustrushona hukmdori Raxanch II, Samarqand hukmdorlari G‘urak va Turgar (738–750), abbosiy xalifalar hamda turkashlar davrida zarb qilingan tangalar topildi.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/kindaktepa-2/