Mannon Romiz (Ramziy)


Post Views:
103

ROMIZ, Mannon Romiz, Ramziy (taxallusi; asl ism-sharifi Abdullayev Mannon, 1895–1938) – jurnalist, yozuvchi, jamoat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. Matbuot, nashriyot va maorif sohalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Adabiy-jurnalistik faoliyati 1920 yildan boshlangan. Adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozgan. Publitsist sifatida o‘z davrining muhim siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy masalalari, muammolari yuzasidan fikrlar bildirgan, ularning hal etilishiga muayyan hissa qo‘shgan. Romiz 1924–25 yillarda Pomirda ishlagan. O‘sha yerdagi faoliyati asosida «Pomir-Badaxshonga sayohat» turkum sayohatnomasini yaratgan (1925). 1930 yil 5 sentyabrda «Narkompros ishi» bo‘yicha qamoqqa olingan va «xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. Shaxsga sig‘inish oqibatlari fosh etilgandan so‘ng oqlangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/mannon-romiz-ramziy-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x