Tavallo


Post Views:
328

TAVALLO (taxallusi; asl ism-sharifi To‘lagan Xo‘jamyorov) (1883-1937.10.11) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida, rus-tuzem maktabida o‘qigan. Arab, fors, turk, ozarbayjon va rus tillarini yaxshi bilgan. 1905 yildan «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoi Farg‘ona», «Taraqqiy» kabi gazeta va jurnallarda she’r va maqolalari bilan muntazam qatnashgan. 1914 yil 30 avgustda Munavvarqori, Avloniy va boshqalar bilan birgalikda Toshkentda «Nashriyot» shirkatini tuzib, kitob chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. «Ravnaq ul-islom» (1916) she’riy to‘plami uning hayotlik davrida chop etilgan.

Tavallo she’rlarida millat va Vatan tushunchalari keng o‘rin egallagan («Yordam etmak kuni yetdi siza Turon ahli…»). Toshkent 1937 yil 14 avgustda «Turon», «Milliy ittihod» va boshqa tashkilotlarning a’zosi bo‘lganlikda, «she’rlarida millatchilik g‘oyalarini ilgari surgan»likda ayblanib, qamoqqa olingan. 1937 yil 10 noyabrda NKVD qoshidagi uchlik hukmi bilan otib tashlangan. 1968 yil 18 oktyabrda oqlangan. Toshkent ko‘chalaridan biri shoir nomiga qo‘yilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tavallo-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x