Post Views:
2
SHATAK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Ganchtepa, Turk-Olmazor, Turk-Yangi shahar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lib, yonidan Qaynama arig‘i oqib o‘tgan. Yuqori va Quyi Shatakga bo‘lingan. 200 dan ortiq xonadon yashagan (aholisi taxminan 1300 kishi). Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. Shatakda eski maktab, 2 masjid, baqqollik, gazmol, kulolchilik va attorlik do‘konlari, bir necha tegirmon, novvoyxonalar, qabriston bo‘lgan (20-asr boshi).
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/shatak-2/