KALIFORNIYA VODIYSI

KALIFORNIYA VODIYSI — AKSH ning jan.-gʻarbidagi botiq. Sharkda Syerra-Nevada va gʻarbda Qirgʻoqboʻyi tizmalari bilan chegaralangan. Uz. 800 km, kengligi 80 km gacha. Mayd. 47 ming km2. Kelib chiqishiga koʻra, tektonik bukilma. Yer yuzasi tekis, bal. 20—160 m. Kalin choʻkindi jinslar bilan qoplangan. Asosiy daryolari — Sakramento va San-Xoakin. Bahorda toʻlib oqadi. Iqlimi subtropik, oʻrta dengiz tipli, kontinental. Yillik oʻrtacha yogʻin 150 mm dan (shim. da) 1000 mm gacha (jan. da). Subtropik dasht va chala choʻl landshafti ustun. Sugʻorish kanali koʻp. Mevachilik va tokchilik, dehqonchilik r-ni. Jan. da chorvachilik rivojlangan. Yirik shaharlari — Sakramento, Stokton, Fresno. Jan. da katta neft konlari bor (1860-y. dan neft olinadi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x