KALIYLI TUZLAR

KALIYLI TUZLAR — suvda oson eriydigan kaliyli, kaliy-natriyli va kaliy-magniyli minerallardan hosil boʻlgan choʻkindi xemogen jinslar. Muhim minerallari: silvin, silvinit, karnallit, kaliyli dala shpati (ortoklaz), muskovit (kaliyli slyuda), poligalit, kainit, langbeynit, alunit va b. K. t. quyuqlashib kon xreil qiluvchi choʻkindi hosilalardir. Tabiatda osh tuzi bilan birga qalinligi bir necha sm dan oʻnlab m gacha qatlam yoki linza koʻrinishida uchraydi. Maydoni bir necha km2 dan ming km2 gacha (konlari, havzalar) boʻladi. Koʻp hollarda suv havzalariga silvin (KCL) va natriyli tuz-galit (№S1)ning kelib tushishi natijasida hosil boʻladi. Suvning shoʻrligi 32—35%s ga yetganda Kaliyli tuzlar choʻka boshlaydi. K2O rudasining sanoat ahamiyatiga molik tarkibi 12—30%. Oʻzbekistonda Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari, shuningdek, Krraqalpogʻistonda (Tubegatan koni) Kaliyli tuzlar konlari topilgan. Kaliyli tuzlarning katta uyumlari koʻl yotqiziqlarida (Eritreya) va Oʻlik dengiz namakoblarida mavjud. Dunyodagi yirik havzalari: Stassfurt (Germaniya), Elzas (Fransiya), Yuqori Kama (RF), Qozogʻiston gʻarbida, Karpat oldi (Ukraina), Pripyat (Belorussiya), Delaver (AQSH), Saskachevan (Kanada) va b. K. t. kimyo sanoatida kaliyli oʻgʻitlar olishda asosiy xom ashyo xisoblanadi. Shuningdek, elektrometallurgiya, tibbiyot, pirotexnikada, oyna-shisha, boʻyoq kabilar i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x