KAYFIYAT

KAYFIYAT — shaxsning faoliyati, xulqi, muomalasi va ruhiy jarayonlariga maʼlum vaqt davomida taʼsir qilib turuvchi hissiy holat. Insonning hayoti va faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, zerikish, qaygʻurish kabi his-tuygʻular uning ruhiy holati tizimiga aylanadi. Kayfiyat insonning butun faoliyatiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Mac, kishi xursand boʻlib turganida uning koʻziga hamma narsa yaxshi, aks holatda esa yomon boʻlib koʻrinishi mumkin. Yaxshi Kayfiyat individ, guruh, jamoada ishchanlik, oʻzaro yordam, hamkorlik, hamdardlik, iliq ruhiy muhitni, samimiy muomala maromini shakllantirishning, jismoniy va aqliy mehnat samaradorligini oshirishning ka-folatidir. Ijtimoiy hayotdagi turli voqealar, yaʼni mehnat muvaffaqiyati, taʼlim yutugʻi, rahbar bilan xodim, oʻqituvchi bilan talaba oʻrtasidagi munosabatlar, oiladagi shaxslararo muomala maromi, turmushning quvonch va tashvishlari, shaxsning qiziqishi, nimadandir qoniqish yoki qoniqmaslik hissi Kayfiyatning manbalari hisoblanadi. Odamning ruhi tushib, noxush Kayfiyatda yurishi — uning turmushida muammolar yuzaga kelganidan, halovati buzilganidan dalolat beradi. Obyektiv va subyektiv vaziyat, sharoit, sababiy bogʻlanish Kayfiyat barqarorligini belgilaydi. Kayfiyatning xususiyatlari koʻp jihatdan shaxsning individual-tipologik fazilatlariga bogʻliq. Inson oʻzini oʻzi boshqarish imkoniyatidan kelib chiqqan holda Kayfiyat ini muvaqqat davr oraligʻida qatʼiyatlikda tutishi, hatto holat oʻzgarishiga yoʻl qoʻymasligi mumkin.

Ergash Gʻoziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x