To‘ytepa


Post Views:
411

Foto: goroda.uz

TO‘YTEPA – shahar (1973 yildan), Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani markazi (yaqin kunlarda Toshkent viloyatining ma’muriy markazi sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda). Toshkent aglomeratsiyasida, undan 37 km. YAqin temir yo‘l stansiyasi – Chig‘iriq (5 km). Aholisi 36,7 ming kishi (2008). Qadimda Mingtepa, Nukat nomlari bilan ma’lum bo‘lgan. Shahar to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar uning rivojlangan davri (10–12-asrlar)ga to‘g‘ri keladi.

To‘ytepa avtomobil yo‘llari orqali Toshkent shahri va boshqa shaharlar bilan bog‘langan. To‘ytepa yaqinidan Toshkent–Angren temir yo‘li o‘tadi. Shaharning janubi-g‘arbida To‘yabo‘g‘iz suv ombori joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil  

https://shosh.uz/uz/to-ytepa/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x