KOʻZAGI — ustun tanasi tagidagi shaklan koʻzani eslatuvchi pastki qismi, kursi, poyustun. Baʼzan kursi ustidagi alohida bezak. Oʻrta Osiyo meʼmorligida qadimdan qoʻllanadi. Koʻzagi shakli koʻpincha madoqil kabi naqsh bilan oʻymakori usulida bezatilgan.