SanJay — 18000 olam

Bilib-bilmay ko`nglingni og`ritgan bo`lsam,
Ayrim gaplardan ranjib, ayrilgan bo`lsak,
Yonimga qayt endi, menga rahm qil,
Boshqa chorasiz, bechoraman sensiz.

Bu hayot emas, bu umr o`tgani,
Yaxshi-yomonim ham bekor o`tgani.
Qoshingga keldim shu gapni aytgani:
Ma’nosiz, mazmunsiz qo`shiqman sensiz.

Gapim gapimga ulanolmaydi,
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi.
18000 olam sen bo`lolmaydi,
Borim ham, yo`g`im ham sarsona sensiz. (x2)

Halovatim, tinchimsan, darmon topganim,
Har qanday daxshatdan omon topganim.
Eng og`ir fursatda oson topganim,
Yengilmas shohlar ham ojizdir sensiz.

Tiz cho`kib, bag`ringga talpinay,
Hol-u madorim tugaguncha talpinay.
Orom topgay jonim, illo, poyingda,
Son-sanoqsiz onlar behuda sensiz.

Gapim gapimga ulanolmaydi,
Sen bilganday meni hech kim bilolmaydi.
18000 olam sen bo`lolmaydi,
Borim ham, yo`g`im ham sarsona sensiz. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x