KUREN (moʻgʻulcha xureen — qalqa, qarorgoh) — 1) koʻchmanchilar yashaydigan manzil. Moʻgʻullarning oʻtovlari va arana uylari halqa shaklida oʻrnatilgan, oʻrtada qabila boshligʻi (urugʻ oqsoqoli) ning oʻtovi boʻlgan. Kuren soʻzining olomon, qabila maʼnolari ham bor. (V. Radlov); 2) ruscha kuren (uy) soʻzi ham Kurendan olingan. Zaporojye Sechit joylashgan harbiy boʻlinma. Bu K. 38 ta kazaqlar Kuren iga boʻlingan. Kurenlar kazaqlarning kelgan joyi nomi bilan atalgan (mas. Poltana Kureni, Uman Kuren va b.);
3) oʻzbekcha «koʻchkoʻron» soʻzi tarkibidagi koʻron oʻsha moʻgʻulcha soʻzdan kelib chiqqan. Keyingi asrlarda bu soʻz Xiva xonligida atrofi devor bilan oʻralgan istehkomga nisbatan qoʻllanilgan; tevarak-atrofdagi kishilar yovgarchilikda ana shu joyga yashiringan. Navoiy viloyatining, Konimex tumanida Kuren nomi bilan ataladigan qishloq ham bor.