Sardor Rahimxon — Bodomgulim

Jonga tegdi sening yomon qaysarliging,
Erkaliging, tannozliging, o`jarliging.
Ko`zin suzgan har go`zalga ko`ngil bersam,
Aybing bilib, mening qadrim bilarmiding.

Jonga tegdi sening yomon ayyorliging,
Egovlash uchun har baloga tayyorliging.
Bir gapirsam, o`nta qilib qaytarmasdan-ey,
Bir zumgina jim turolsang o`larmiding-ey.

Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Esdan chiqdi Bodomgulning va’dasi-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Jonga tegdi Bodomgulning zardasi-ey.
Yerga ursang, ko`kka sapchir, tinmaydi-ey,
Nima qilay, yaxshi gapga ko`nmaydi-ey.

(Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va’dasi,
Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va’dasi. (x2))

Arazlasa, darrov aytar dadasiga,
Asta-asta, sekin-asta onasiga.
Dadasi ham, onasi ham yetmaganday,
Qolgan gapni aytar katta xolasiga.

Bodomgulim, boyvachchaning qiziman, der,
Osmondagi oyning xuddi o`ziman, der.
Bir piyola choy damlashni bilmaydi-ya,
Oq ot mingan shahzodaga arzirman, der.

Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Esdan chiqdi Bodomgulning va’dasi-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Jonga tegdi Bodomgulning zardasi-ey.
Yerga ursang, ko`kka sapchir, tinmaydi-ey,
Nima qilay, yaxshi gapga ko`nmaydi-ey.

Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey… (x2)

Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Esdan chiqdi Bodomgulning va’dasi-ey.
Iyya-iyya, iyyasima, iyyasi-ey,
Jonga tegdi Bodomgulning zardasi-ey.
Yerga ursang, ko`kka sapchir, tinmaydi-ey,
Nima qilay, yaxshi gapga ko`nmaydi-ey.

(Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va’dasi,
Iyya-iyya, iyyasi, esdan chiqdi va’dasi. (x2))

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x