KORT (ing. court — hovli) — tennis oʻynaladigan maydon. Yakkalik oʻyinlar uchun Kortning oʻlchami 23,77 x 8,23 (juftliklar uchun 23,77×10,97) m boʻlib, koʻndalang chizigʻi oʻrtasiga metall chilvir yordamida toʻr tortiladi. Toʻrning maydon oʻrtasidagi bal. 0,914 m, chekka ustunlari oldidagi bal. 1,07 m. Markaziy chizikdan 6,4 m uzoqlikda uzatish chizigʻi chegarasi oʻtkaziladi va bu may-donchalar teng 2 ga boʻlinadi. Chiziklarning kengligi 5 sm. Kortning orqa chizigʻidan 6,4 m gacha, yon chizigʻidan 3,7 m gacha oʻyin maydoni boʻlishi lozim. Koptok ketib qolmasligi uchun maydon toʻr bilan oʻraladi. Kortlar qumli, maysali, qattiq va sintetik qoplamali boʻlishi mumkin. Dastlabki Kort Fransiya qiroli Genrix VIII farmoniga asosan, 1529-y. da Parijda bunyod etilgan. Toshkentda ilk Kort 1903-y. da qurilgan. Hoz. kunda Oʻzbekistonda 530 ta kort bor (2002). Toshkent sh. dagi «Yunusobod», «Dinamo» va viloyatlar markazlaridagi Kortlar jahon andozalariga javob beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые