DUNXUAN — Xitoydagi qad. shahar, Gansu provinsiyasining chekka gʻarbida. Dunxuan 1-ming yillikda Xitoyni Jan. va Gʻarbiy Osiyo orqali Yevropa bilan bogʻlaydigan Buyuk ipak yoʻlida muhim man-zil boʻlgan. Dunxuandan 14 km jan.-gʻarbda gʻorlarga joylashgan budda monastiri — Syanfodun («Mingta Budda gʻori»; 353—366) bor. 480 ga yaqin gʻor saqlanib qolgan (eng kattasi Mogao, 366). 1899-y. gʻorlardan birida Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo va Kichik Osiyo ya. o. da yashagan xalqlar tilida yozilgan 20 mingdan ortiq qoʻlyozma topilgan. 1907-y. bu topilmalarning koʻp qismi A. Steyn ekspeditsiyasi tomonidan Angliyaga olib ketilgan va Britaniya muzeyiga topshirilgan, bir qismi Pekin kutubxonasida saqlanmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые