Darveshxon


Post Views:
157

DARVESHXON, Darvesh sulton (?–1578) – Toshkent va Turkiston hokimi (1556–78). Shayboniylar sulolasidan. Baroqxonning to‘ng‘ich o‘g‘li. Suyunchxo‘jaxonning nabirasi. Ukasi Bobo sulton bilan birgalikda Movarounnahrda hukmron bo‘­lish uchun Buxoro xoni Iskandarxon va Abdullaxon II ga qarshi urushlar olib borgan. Xususan, 1557 yil Ilono‘tti mavzeida Abdullaxon bilan jang qilgan, jangda yengilgach, birmuncha vaqt Abdullaxon bilan ittifoqda bo‘lgan. Biroq ukasi Bobo sulton Abdullaxonga bo‘yin egmay, kurashni davom ettirgan. Bobo sulton 1578 yil Toshkentda isyon ko‘tarib, Darveshxonni qatl etgan. Bundan xabar topgan Abdullaxon Darveshxonning o‘chini olish bahonasida Toshkentga yurish qilib, Chirchiq jangida (1579 yil 18 aprel) Bobo sulton qo‘shinini tor-mor keltirgan. Bobo sulton Turkistonga qochib ketgan.

Toshkentdagi darvozalardan biri (Darvishak qofqa yoki Teshikqop­qa), qabriston Darveshxon nomi bilan bog‘liq. Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi Darveshxon davrida qurib bitkazilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/darveshhon/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x