KONIGIL

KONIGIL — 1) Samarqandning jan.-sharqida, Choʻponota tepaligi etagidagi gil koni. Bu yerdan milodning boshidan gil, oq qum, sogʻ tuproq, qizil kesak, sariq tuproq va kulolchilikda ishlatiladigan boʻlak tuproqlap qazib olingan. Konigildan olingan gil Afrosiyob kulolligiaa keng ishlatilgan. Shu bois Konigil Samarqand hokimlari tomonidan qoʻriqlangan. Konigildan hozir ham gil olinadi;

2) shu kon yaqinida, Siyob (Obirahmat) arigʻi boʻyida joylashgan, koʻplab tarixiy voqealar shohidi boʻlgan keng, koʻkalamzor mavze. Samarqand hukmdorlari Konigilni qoʻriqxona deb eʼlon qilib, har yili yozda u yerda 1 — 2 oy dam olishgan. Bu vaktda Konigilda koʻplab shohona shiypon, choyxona, oshxona, chodirlar oʻrnatilgan, dam oluvchilar koʻnglini yozish uchun koʻzboyloqchilar, qiziqchilar, dorbozlar turli oʻyinlar koʻrsatgan. Shuningdek, bu yerda turli ommaviy sayil va tantanalar ham oʻtkazib turilgan.

Juvayniyning yozishicha, 1255-y. kuzida Masʼud Yalavoch K. da Hulokunch ziyofat qilgan. 1366-y. Amir Temur va Husayn ibn Musallab (Amir Husayn) oʻz qoʻshini bilan Konigilni qarorgoh tutganda sarbadorlar anvoi tuhfalar bilan ularning huzuriga keladi. Shunda Amir Husaynning buyrugʻi bilan Mavlonozodadan boʻlak barcha sarbadorlar oʻsha yerda qatl etiladi. Amir Temur Movarounnahr taxtiga oʻtirgach, Samarqand va uning atrofini obod qilishga kirishadi. Chunonchi, u K. da Nakshi Jahon deb ataluvchi bogʻ barpo etadi (k. Amir Temur bogʻlari) Amir Temur oʻzining soʻnggi zafarli yurishidan qaytgach, 1404-y. 6 sent. da 6 nabirasi — Ulugʻbek, Ibrohim Sulton, Iyjal, Ahmad, Saydi Ahmad va Boyqarolarning nikoh toʻylari munosabati bilan Konigilda gʻoyatda katta tantana uyushtirgan. Unda qoʻshin amirlari, bahodir jangchilar, tabrik uchun kelgan 7 iqlim sultonlari va ularning elchilari hamda olimu fuzalolar, minglab fuqaro ishtirok etgan. Bularni joylashtirish uchun koʻplab koʻshku ayvonlar qurilgan, chodirlar oʻrnatilgan, palosu gilamlar yozilgan, dasturxonga anvoi noz-neʼmatlar tortilgan. Olamning har tarafidan tashrif buyurgan, tillari va liboslari turlicha sozanda va xonandalar oʻz sanʼatlarini namoyish etgan. Tantana qatnashchilariga shoxrna tortiqlar ulashilgach, barcha chet el hukmdorlari Amir Temurga sadoqat izhor etib, unga halol xizmat qilajaqlarini bildirgan. 1411-y. Shohrux oʻzining va oʻgʻli Ulugʻbekning hokimiyatini tan olmay isyon koʻtargan amir Shayx Nuriddinni jazolash uchun Hirotdan Samarqand tomon qoʻshin tortib kelib, Konigilda toʻxtaydi. Shundan 6 kun oʻtgach, isyonkor Shayx Nuriddinning boshi kesilib, uning Konigil dagi qarorgohiga keltiriladi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Ulugʻbek kichik oʻgʻli Abdulazizning xatna toʻyini Konigilda oʻtkazib, xalqqa ziyofat bergan. 1461-y. Abulxayrxon Movarounnahrni qoʻlga kirytish maqsadida Dashti Qipchoqdan yoʻlga chiqib, Konigilda toʻxtaydi. Shunda Samarqand ulugʻlari tuhfalar bilan tezlikda. uning huzuriga yetib kelishadi. Abulxayrxon Xoja Ahror valiyning kuyovlari boʻlmish Xoja Abdulavvalga murid boʻladi. Soʻng, u Ulugʻbekning qizi — Robiya Sulton begimni oʻz nikohiga olib, Samarqandni Abu Said tasarrufiga topshirgancha Dashti Qipchokqa qaytib ketadi. 1509-y. Shayboniyxon oʻzining qozoq xoni Qosimxonta qarshi zafarli yurishidan qaytayotib, Konigilda toʻxtaydi va turli viloyat hokimlari uchun tantanali qabul marosimi uyushtiradi. 1511-y. Bobur Samarqandni qamal qilganda uning qarorgohi Konigilda boʻlgan. «Boburnoma»sa aytilishicha, Bobur Konigilda boʻlgan vaqtda mazkur Naqshi Jahon bogʻidan nomnishon qolmagan ekan. Uning taʼkidlashicha, dunyodagi eng yaxshi qogʻoz — Samarqand qogʻozini tayyorlashda ishlatiladigan tegirmonlarning barchasi 1S. dan oqib keluvchi suvlar yordamida aylantirilgan.

^y.:Nizomiddin Sh o m i y , Zafarnoma, T., 1996; Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996; Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI-XV1II vv., T., 1985; Materialы po istorii kazaxskix xanstv XV — XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x