DUKKAK

DUKKAKdukkakdoshlar mevasi; bitta urugʻchibargdan hosil boʻladi. Koʻpincha yuqorisidan pastgacha ikkita chok bilan ochiladi (noʻxat, loviya va b.), baʼzi turlarida ochilmaydi (qashqarbeda, sebarga, yeryongʻoq). Yeryongʻoqnnt dukkagi tuproq ichida yetiladi. Dukkakda koʻpincha bir nechta urugʻ boʻlib, urugʻbandchalari bilan qorin chokiga birikadi. Dukkakning kattaligi, shakli va tuzilishi har xil: koʻpchilik turlarda toʻgʻri, yassi (noʻxat, loviya va b.), boshqalarida dumaloq, spiralsimon (beda). Ayrim tur oʻsimliklardan Dukkak bir urugʻli boʻlaklarga boʻlinadi. Yovvoyi dukkakli oʻsimliklarning Dukkak tez buralib ochiladi va urugʻlari sochilib ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x