DUVAXON

DUVAXON, Tuvaxon (? – 1307) – Chigʻatoy ulusi xoni (1305—07). Baroqxonning oʻgʻli. Iqtidorli chingiziy shahzodalardan. Chigʻatoyxon avlodi. Xaydu ning sodiq ittifoqchisi, uning boshqa moʻgʻul davlatlariga qarshi yurishlarida muntazam ishtirok etgan. Xaydu vafoti (1303) dan soʻng uning oʻgʻli Chopar taxtga oʻtirgan. Duvaxon uning davrida ham dastlab bosh maslahatchi (otaliq) boʻlib turgan. Chingiziy shahzodalarning oʻzaro nizolariga xotima berish, moʻgʻullar saltanatini federatsiya shaklida boʻlsa ham tiklash uchun harakat qilgan. Rejaga koʻra, alohida mustaqil boʻlgan moʻgʻul davlatlari nomigagina bosh boʻlgan qoon qoʻl ostida oʻzaro totuv yashashlari lozim boʻlgan; moʻgʻullar saltanatining bu-tun hududida savdo qilish mutlaqo erkin boʻlishi kerak edi. Bu rejani qoon maʼqullaydi, biroq Oʻrta Osiyodagi chingiziy shahzodalar oʻrtasidagi nizolar bu rejani amalga oshirishga imkon bermagan. Chopar qoʻshini chigʻatoiy shahzodalar b-n jang qilib gʻalaba qozongan. Biroq Duvaxon bunda shahzodalarning tomonini olib, 1305-y. Choparni taxtdan agʻdarib uni oʻzi egallagan. Shundan soʻng chigʻatoy istilohi Oʻrta Osiyodagi moʻgʻullar davlatini anglatuvchi rasmiy nomga aylangan. «Chigʻatoy» davlatining harbiy kuchini tashkil etgan koʻchmanchilar sulolaning ajdodi Chigʻatoyxon nomi bilan chigʻatoylar deb atalganlar, keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrida toʻliq shakllangan eski oʻzbek adabiy tili ham «chigʻatoy tili» deb atala boshlagan. Chingizxonning bironta oʻgʻli ham Chigʻatoy kabi xalq xotirasida shunchalik mustahkam oʻr-nashib qolmagan. Tarixchi Vassoning maʼlumotiga koʻra D. 1307-y. falaj xastaligidan vafot etgan.

Ad.: Bartold V. V., Sochineniya, t. 11(1), M., 1963; Mirzo Ulugʻbek. Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

Faxriddin Hasanov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x