DOROYIBOFLIK — shoyi-atlas, beqasam toʻqishning qad. usuli; doroyi toʻqish kasbi. Doroyining eni, tigʻ va gulasi shoyi-atlas, beqasamning eni, tigʻ va gulasidan ancha keng boʻlgani uchun doroyi toʻqish boshqa gazlamalarni toʻqishdan qiyin boʻlgan. Ilgari bu ish bilan maxsus ustalar (doroyiboflar) shugʻullangan. 1920-y. lardan soʻng Doroyiboflik sanoat artellariga uyushgan holda davom ettirildi. Doroyiboflik kasbi 20-a. ning 50-y. larigacha davom etdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые