Sarbon guruhi — Har dam

Har dam kuyadurman, ey yori jonim,
Vaslingni izlab, yo`qdur majolim. (x2)
Bir yo`qlamaysan-ey suygan qulingni,
Ey ko`zlari jallod, qoshi hilolim. (x2)

Har dam kuyadurman-ey, ey yori jonim,
Har dam kuyadurman, ey yori jonim.

Olding-a ko`nglimni bir-ikki so`zlab,
Qolmadi dilimda sabr-u qarorim. (x2)
Bir yo`qlamaysan-ey suygan qulingni,
Ey ko`zlari jallod, nozik niholim. (x2)

Har dam kuyadurman, ey yori jonim,
Vaslingni izlab, yo`qdur majolim.

Rahm ayla manga, ey bag`ri qattiq,
Diydam to`la qonim, ey sho`xi zolim. (x2)
Lab tashnalarga ayla nazora,
Ey ko`zlari jallod, qoshi hilolim. (x2)

Har dam kuyadurman, ey yori jonim,
Vaslingni izlab, yo`qdur majolim. (x2)

Yo`qdur majolim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x