DOGA

DOGA (Doga) Yeujeniu (Yevgeniy Dmitriyevich) (1937.1.3, Moldaviya, Mokra qishlogʻi) — moldavan kompozitori. Moldaviyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974), Moldaviya xalq artisti (1982), Moldaviya FA akad. (1991). «Luchaferul» baleti, kantatalar, simfonik va kamer asarlar, teatr spektakllari va 200 ga yaqin kino va videofilmlar uchun musiqalar yozgan. Musiqa uslubiga yorqin ifodaviylik, ohangdorlik, joʻshqinlik va milliylik xosdir. Moldavan xalq ohanglari zaminida yaratgan qoʻshiqlari («Gullar ummoni», «Shahrim haqida qoʻshiq», «Dnestr — mening faxrim» va b.) va ayniqsa, kinofilmlar [«Lautarlar», «Tabor koʻkka intiladi», «MariyaMirabella», «Mening nozik va yoqimtoy qoplonim», «Yov-voyi» («Oʻzbekfilm»), «Jamila» va b. ] uchun yozgan musiqalari mashhur. Moldaviya Davlat mukofoti laureati (1980). Xalqaro musiqali filmlar festivali (Brno, 1991) da kino musiqasi sohasida erishgan buyuk xizmatlari uchun Gran-pri sovrini bilan mukofotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x