Sanobar Rahmonova — Yoshligim

Yoshligim kel, kuyga to`lgan,
Qalbim oltin sozi bo`l. (x2)
Men qo`shiq aytay to`lib,
Bir lahza jo`r ovozi bo`l. (x2)

Dilga oqsin baxtli umrim,
Kuy bo`lib, ohang bo`lib. (x2)
Sen uning oromijoni,
Gulyori, shahnozi bo`l. (x2)

Orzu-istakdanku shodon,
Dilga bog`labsan qanot. (x2)
Bu tilak osmonining doim
Baland parvozi bo`l. (x2)

Yoshligim, sen menga bergan
Kuch, shu’uring, g`ayrating (x2)
Xalq-u yurtga baxsh etolsam,
Shunda mendan rozi bo`l. (x3)

Shunda mendan rozi bo`l…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x