KLEOPATRA

KLEOPATRA (yun. Kleopatra) (mil. av. 69 — Iskandariya — mil. av. 30) — Misrning ptolemeylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi podshohi, Ptolemey XI ning qizi. Kleopatra oʻz ukasi Ptolemey XII Dionisga turmushga chiqib, u bilan birgalikda davlatni idora qila boshlagan (51 y. dan) boʻlsada, yakka oʻzi taxtga egalik qilish uchun zimdan kurash olib borgan, niyati fosh boʻlgach, Suriyaga surgun qilingan (48 y.). Ammo, Kleopatraning bilimdonligi, aqlzakovatiga maftun boʻlib qolgan Yuliy Sezar 47 y. uni Misrga qaytargan (K. undan Sezarion ismli oʻgʻil koʻrgan). Sezar oʻldirilgach, K. Mark Antoniyning ittifoqchisi va maʼshuqasi (37 y. dan xotini) boʻlgan. 31 y. Oktavian (q. Avgust) qoʻshinlari Misrni zabt etgach, Antoniy va Kleopatra oʻzlarini oʻldirishgan. Naqlga koʻra, ugla davrdagi misrliklar eʼtiqodiga asosan abadiy barhayotlikka erishmoq uchun oʻzini zaharli ilonga chaqtirgan.

Kleopatra timsoli Gʻarb (U. Shekspir, B. Shou, D. Tyepolo, P. Rubens va b.) hamda Sharq (A. Shavqiy va b.) adib, shoir, dramaturg, rassom va haykaltaroshlari asarlarida aks etgan, unga bagʻishlab filmlar yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x