Post Views:
107
CHIMBOYLIQ XAZINASI – jez davri buyumlari xazinasi (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-choragi). 1898 yil tadbirkor va fotograf N.S.Nikolai tomonidan Toshkentdan 50 km sharqda, Chirchiq daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, Chimboyliq qishlog‘i yaqinidagi Avliyo Oqtosh mavzeida topilgan. Jez bolta, bigiz, pichoq (saqlangan uzunligi 12 sm) va og‘irligi 580 g keladigan jez yombidan iborat. Chirchiqqa quyiladigan soy yuvib ketgan qabrdagi dafn ashyolari bo‘lganligi taxmin qilinadi. Topilma katakomba yoxud andronovo madaniyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/chimboyliq-xazinasi/