QORACHOYLAR

QORACHOYLAR (oʻzlarini qorachaylilar deb atashadi) — turkiy xalq. asosan, RFning QorachoyCherkasiya Respublikasi va Stavropol oʻlkasida yashaydilar. RF da 192 mingdan ortiq (2002). Qorachoylarning kichik guruhlari Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya va AQSHda yashaydi. Qorachoy tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Qorachoylarning shakllanishida Shim. Kavkazning mahalliy togʻliq qabilalari hamda bulgʻor, qipchoq va alanlar qatnashgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda Q. Katta Kabarda taʼsirida boʻlganlar. 1828-y. Rossiya imperiyasi tarkibiga kirganlar. 1943-y. Q. oʻz yurtidan OʻrtaOsiyo va Qozogistonga majburan koʻchirilganlar. 1957-y. Q. oʻz joylariga qaytib kelganlar. Asosiy mashgʻulotlari yaylov chorvachiligi va dehqonchilik boʻlgan.

Hunarmandchilikning har xil turlari; zardoʻzlik, namat i. ch., yogʻoch oʻymakorligi, gʻilam toʻqish, sangtaroshlik va h. k. rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x