Sevara Nazarkhan — Mening tilagim

Mayli, meni qilgin intizor,
Oy-u yillar boqay yo`lingga.
Mayli, senga arz qilay ming bor,
Istasang, ol yerni qo`lingga. (x2)

Mayli, yoqsin o`tli hijroning,
Ishq yo`lida bo`lay ovora.
Mayli, parvo qilmasa jonim,
Dardimga hech topmayin chora.

Sevgilim, sevgim,
Ishqing bilan banddir yuragim.
Bevafo degan
Sen vafosan, mening tilagim.

Mayli, firoq tashlasa nazar,
Qiyna meni, rashkimni ochib.
Mayli, olma holimdan xabar,
Ko`rganingda oy yuzing yashir.

Mayli, meni qilgin intizor,
Oy-u yillar boqay yo`lingga.
Mayli, senga arz qilay ming bor,
Istasang, ol yerni qo`lingga.

Mayli, yoqsin o`tli hijroning,
Ishq yo`lida bo`lay ovora.
Mayli, parvo qilmasa jonim,
Dardimga hech topmayin chora.

Sevganim sevgan,
Ishqing bilan banddir yuragim.
Bevafo degan
Sen vafosan, mening tilagim. (x2+x3)

Tilagim, mening dilim,
Yuragim.
Sen mening tilagim, mening dilim,
Yuragim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x