Sevara Nazarkhan — Menga ham o’rgating

Menga ham o`rgating sog`inmaslikni,
Barin unutmoqni o`rgating menga.
O`rgating, goh o`ylab – og`rinmaslikni
Va bu ishqni qanday olmoqni yenga.

Menga ham o`rgating tashlab ketishni
Va ayta olmoqni achchiq so`zlarni.
O`rgating ayamay, yoshlab ketishni
Izingizdan qarab qolgan ko`zlarni.

Menga ham o`rgating, sadqasi bo`lay,
Ishqingiz o`rgatgan har bir saboqning.
O`rgating, anglating – men nima qilay?
Xumori – o`rtasi otash dudoqning.

Menga ham o`rgating suyunmaslikni,
Beparvo bo`lmoqni, agar suysalar.
O`rgating hech qachon kuyunmaslikni,
Ishqingizda yonib-yonib kuysalar!

Menga ham o`rgating lazzat olishni,
O`zgani sevdirib, o`zi sevmasdan.
O`rgating bir umr yodday qolishni
Va kelmay, ketmoqni bir so`z demasdan!

Menga ham o`rgating sog`inmaslikni… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x