KUMUSH RUDALARI

KUMUSH RUDALARI — tarkibida kumush va uning birikmalari boʻlgan rudalar. Bir necha tipi farq qiliva-di: 1) asl kumush konlari — kumush kondan olinadigan elementlarning asosini tashqil qiladi;

2) kompleks ionlar — boʻlarda kumush ikkinchi darajali element hisoblanadi. Boʻlar qatoriga oltin-kumush, kumush-polimetall, nodir metall-kumush konlari kiritiladi. Oqjetpes, Kosmanachi va Qizilqumdagi Yuqori voltl nomli, Chatqol-Qurama regionidagi Oqtepa asl kumush konlari hisoblanadi. Tarkibida kumush boʻlgan kompleks konlarga deyarli barcha misporfirli, polimetall va b. ruda konlari: Lashkarak, Markaziy Qizilqumdagi barcha oltin ruda konlari mansub. Asl kumush konlaridan tashqari barcha konlarda kumush boshqa yetakchi elementlar bilan birgalikda olinadi. Kumush rudalari Yer poʻstining chuqur qismida gidrotermal suvlardan hosil boʻladi. Tabiatda uchraydigan kumush minerallarning quyidagilari sanoat ahamiyatga ega: tugʻma kumush Ag (Ag—100), argentit – Ag2 (Ag—87,1%); prustit — Ag3AsS3 (Ag—65,5 %), pirargirit — Ag3SbS3 (Ag—60%), kerargirit — AgCl (Ag—75,2%). Qazib olish koʻlami va ahamiyati (zahiralari va qazib olinishi) boʻyicha kumushning 90%dan ziyodi yoʻlakay ravishda kompleks rudalardan olinadi. Kumush rudalarining dunyodagi zahirasi 1 mln. t chamasida. Asosiy Kumush rudalari olinadigan davlatlar: Meksika, AQSH, Peru, Kanada, Avstraliya.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x