Shahnoz — Ko’ringin

Seni ko’radigan kun kelarmi deb,
Intizor bo’lib kutaman har kuni.
Seni ko’rdim, quvondim, lekin endi
Yana qachon ko’rar ekanman seni.

Ko’zlarim yo’lingda, sen esa menga
Qanchalar azizligingni bilmaysan.
Yagona bu umrimda yagonamsan,
Buni xayolingga ham keltirmaysan.

Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda,
Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda. (x2)

Taqdirimda bo’lsang, kelasan o’zing,
Kutaman seni nafasim to’xtaguncha.
Yo ushalgan orzuim bo’lasan yo
Bir umr armonim bo’lib qolasan.

Ko’zlarim yo’lingda, sen esa menga
Qanchalar azizligingni bilmaysan.
Yagona bu umrimda yagonamsan,
Buni xayolingga ham keltirmaysan.

Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda,
Ko’ringin, ko’ringin,
Seni ko’rgim kelganda. (x2)

Taqdirimda bo’lsang, bo’lmasang ham,
Seni Alloh asrasin.
Seni mendek hech kimning yo’liga
Zor etmasin, asrasin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x