KREATSIONIZM (lot. kreatio – yaratish) — turlarning oʻzgarmasligi, organizmlarning muayyan maqsadda xilmaxil qilib yaratilganligi toʻgʻrisidagi gʻayriilmiy taʼlimot. K. tarafdorlari fikricha, turlarning tashqi yoki ichki omillar taʼsirida oʻzgarishi cheklangan; ular yaratuvchi tomonidan qancha yaratilgan boʻlsa, shuncha saqlanib qolgan. Kreatsionizm taʼlimotini paleontologiya asoschisi J. Kyuvye, oʻsimlik va hayvonlar sistematikasini ishlab chiqqan olim Kreatsionizm Linney kabi atoqdi olimlar ham quvvatlashgan. Kreatsionizm tarafdorlari qad. geologik davrdagi va hoz. turlar oʻrtasidagi farqni tushuntirish uchun katastrofalar gʻoyasini ilgari surgan. Bu taʼlimot asoschisi J. Kyuvye fikricha, Yer yuzidagi oʻsimlik va hayvonlar bir necha marta qirilib ketib, qaytadan vujudga kelgan va har gal avvalgisiga nisbatan murakkabroq formalar paydo boʻlgan. Ch. Darvinnnnt evolyutsion taʼlimoti yaratilgandan soʻng Kreatsionizm oʻz mavqeini yoʻqotdi. Ch. Darvindan keyingi davrda Kreatsionizm tarafdorlari oʻz dunyoqarashini oʻzgartirishga majbur boʻlishdi. Endi ular turlarning oʻzgarishi va odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi evolyutsion vazariyani inkor qilishmaydi, lekin insonga aql-idrok va ruhiy faoliyatni yaratganning oʻzi ato etgan deb tushuntirishadi. «Ilmiy Kreatsionizm» tarafdorlari (asosan, AQSHda) evolyutsion taʼlimotni organik dunyoning mavjudligi toʻgʻrisidagi ashyoviy dalillarga ega boʻlmagan tushunchalardan biri sifatida diniy dunyoqarashlar bilan bir qatorga qoʻyishga harakat qilishmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые