KOTIB CHALABIY

KOTIB CHALABIY, Hoji Xalifa (asli ismi Mustafo ibn Abdulloh; 1609, Istanbul – 1657.24.7) – turk geografi, tarixchisi. Yevropada Hoji Xalifa taxallusi bilan mashhur boʻlgan. Dastlabki ilmni otasi Iso Xalifa al-Qrimiydan olgan. Keyinchalik boshqa olimlardan tarix, ilmi nujum, geogr. va mat. fanlarini oʻzlashtirgan. 1622-y. dan saroyda kotiblik qilgan. 1627—35 y. larda harbiy yurishlarda qatnashgan. 1643-y. dan saroyda muhosib ishlari bilan shugʻullangan. Kotib Chalabiy tarixiy «Taqvim ut-tavorix» («Tarixlar taqvimi»), dengiz janglari tarixi toʻgʻrisida «Tuhfat ul-kibor fi asfor il-bihor» («Dengiz yurishlari haqida ulugʻlarga tuhfa»), tarixiy-geo-grafik «Jahonnamo» («Jahon koʻzgusi»), bibliografik «Kashf uz-zunun» hamda moliya masalalariga oid asarlar muallifi. «Jahonnamo» toʻplamida boshqa xalqlap tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, shuningdek, topografiya va toponimikaga oid qiziqarli maʼlumotlar berilgan. Muallif bu asarni yozishda Sharq olimlarining bizgacha yetib kelmagan koʻpgina asarlaridan foydalangan. Asarda hoz. Oʻrta Osiyo hududiga qariyb 2 bob ajratilgan. Unda Oʻrta Osiyo geografiyasi, xalqlarining tarixiga oid maʼlumotlar bor. «Jahonnamo» da Kotib Chalabiy birinchi boʻlib yevropalik va Sharq olimlarining mamlakatlar haqidagi maʼlumotlarini qiyoslagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x