KOSMIK RASADXONA — Yer sunʼiy yoʻldoshlari orbitasida harakatlanuvchi kishi boshqaradigan yoki avtomatik ravishda ishlay oladigan ilmiy tadqiqot kompleks st-ya. Avtomatik ishlaydigan Kosmik rasadxona boshqa sayyoralarga (Oy, Venera, Mars va h. k.) ham uchirilgan. Kosmik rasadxonalar yordamida Yer va uning atrofidagi kosmik muhit, radioastronomik holat hamda meteorologiyaga oid kuzatishlar olib boriladi; K. r. lardagi sharoitda turli kimyoviy elementlar va biologik birikmalar tekshiriladi. Kosmik rasadxonadan xarbiy maqsadlarda ham foydalaniladi. Sobiq Ittifoq, AQSH va b. davlatlarda maʼlum maqsadlarga moʻljallangan qator Kosmik rasadxonalar yaratilgan. Ularga oʻrnatilgan teleskoplar va ilmiy kuzatuv asboblari yordamida Quyoshdagi fizik jarayonlar, yulduzlararo va galaktikalararo muhitga oid ilmiy ishlar oʻtkaziladi, Quyosh sir-tidagi portlashlar natijasida yuzaga keladigan kuchli kosmik nurlarning tarqalishi, bu nurlarning Yer atmos-ferasida yutilishi va b. tabiati chuqur oʻrganildi, koinotdagi rentgen nurlari manbalari aniqlanadi. Kosmik fazoni oʻrganish va oʻzlashtirish maqsadlarida moʻljallab tuzilgan hamda amalga oshirilayotgan qator alohida davlatlar (Rossiya, AQSH, Germaniya va b.) dasturlari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые