DENGIZ YULDUZLARI

DENGIZ YULDUZLARI (Asteroidea) – dengizda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar, hoz. ninaterililar tipining sinfi. Tanasining oʻrtasidan chiqqan «qoʻllar», yaʼni nurlar yulduzni eslatadi (nomi ham shundan). Dengiz yulduzlarida 5, baʼzan 8, 10, 13, 25, 40 ta nur boʻladi. Dengiz yulduzlarining diametri 5—50 sm. Ular suv tubida ambulakral oyoklari yordamida harakatlanadi. Ogʻiz va anal teshigi deyarli tananing turli qismida joylashadi. Tuxumidan erkin suzib yuruvchi lichinka chiqadi. Tirik tugʻadigan turlari ham bor. Suv osti umurtqasiz hayvonlari va organik moddalar bilan oziqlanadi. 1500 turi maʼlum. Shimol va Uzoq Sharq dengizlarida keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x