DENATURATSIYA (de… va lot. nature — tabiiy xususiyatlar) — turli xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida oqsillar, nuklein kislotalar va b. biopolimerlar molekulalarining uziga xos tabiiy (nativ) xususiyatlari yoʻqolishi. Odatda, bunday hollarda biopolimerlarning biologik faolligi — fermentativ, gormonal va b. yoʻqoladi. Denaturatsiya natijasida molekulalarning konformatsiyasi, yaʼni fazoviy tuzilishining uzgarishi bilan bogʻliq boʻlib, ularning shakli, solishtirma optik faolligi, yorugʻlikni yutishi, eruvchanligi, elektroforetik harakatchanligi va b. bir qator fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlari ham oʻzgaradi. Denaturatsiya nokovalent bogʻlar (vodorod bogʻlar, ion bogʻlar)ning uzilishi b-n bogʻliq. Qisman disulfid bogʻlar ham parchalanadi. Biopolimerlar Denaturatsiyasi koʻpgina omillar: yuqori harorat, ogʻir metallar tuzlari, kislotalar, ultrabinafsha va ionlanuvchi nurlar taʼsirida vujudga keladi. Denaturatsiya toʻliq yoki qisman, qaytar va qaytmas boʻlishi mumkin. Qaytar Denaturatsiya koʻpincha renaturatsiya deb ham yuritiladi. Nuklein kislotalarnknt qaytar Denaturatsiya sidan molekulalarni gibridlashda foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые